Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
DBQ Axborot xizmati
288

Davlat bojxona qoʻmitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi

Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatining oshkoraligini taʼminlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va keng jamoatchilikning bojxona organlarida amalga oshirilayotgan turli yoʻnalishlardagi keng qamrovli islohotlarning borishi toʻgʻrisida muntazam xabardor qilish bojxona tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini, mahalliy va horijiy ommaviy axborot vositalarini bojxona organlari faoliyatiga dahldor maʼlumotlardan xabardor qilish boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi koʻp yillik tajribaga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-oktyabrdagi farmoni asosida Davlat bojxona qoʻmitasi tashkil topgan boʻlib, uning tarkibidan Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi yaʼni Axborot xizmati (hozirda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi deyiladi) ham oʻrin olgan edi.

Boʻlimning Nizomi va xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari soʻnggi bor 2018-yilda qayta ishlab chiqilib, tasdiqlangan.

Boʻlimning ayni paytdagi Nizomi jamoatchilik vakillari va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini bojxona organlari faoliyatining dolzarb jihatlarini, yagona bojxona siyosatini amalga oshirish masalalari, bojxona qoidalari, tartiblari, soha boʻyicha qabul qilinayotgan yangi meʼyoriy hujjatlar, ulardagi oʻzgarishlar, sohada roʻy berayotgan yangilanishlar haqida oʻz vaqtida xabardor qilib borish, shu maqsadda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ular bilan axborotlar almashish, maʼlumotlarni OAVda va Internet tarmogʻida yoritish, tashqi foydalanuvchilar uchun doimiy ravishda turli maʼlumotlar taqdim etishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyishga xizmat qilib kelmoqda.

Boʻlim oʻz faoliyatini samarali tashkil etishi uchun yetarli moddiy texnik baza bilan taʼminlangan. Shuningdek, televideniye uchun tayyor lavhalar tayyorlab berishni taʼminlovchi oʻz tasvirga olish va montaj qilish texnikalariga ega. Boʻlim xodimlarining xizmat kompyuterlari yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulangan.

Oʻziga yuklatilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida tashkiliy va amaliy tadbirlarni oʻtkazishda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi hududiy bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda qoʻmita rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida ishlar olib bormoqda.

2011-yilda Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bojxona boshqarmalarida, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhlari - Axborot xizmatlari tashkil etilgan.

2017-yilda Davlat bojxona qoʻmitasining Axborot xizmati nufuzli “Oltin qalam” mukofotiga sazovor boʻlgan.

Davlat bojxona qoʻmitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi - Telefon: 120-76-17

Axborot xizmati rahbari va bojxona organlari faoliyatiga doir axborotlarni taqdim etuvchi masʼul shaxs: Salomov Nurbek Normurodovich. Tel: 120-76-17

Elektron pochta: bojxona@umail.uz

Shuningdek bizni Telegramda kuzatib boring: https://t.me/customschannel

26.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing