Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona qiymatini aniqlashda birinchi usulni qoʻllashning xususiyatlari toʻgʻrisidagi uslubiy qoʻllanma
196

Qoʻllanmani Word formatida koʻchirib olish. Xajmi: 100 Kb

Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 390, 1998-yil 13-yanvar) talablariga asosan, olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli (1-usul) hisoblanadi.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtishi paytida tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim qiymati Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.

Bitim qiymati deganda tovarlar uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilishga sotishda amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan va bitim narxiga kiritiladigan hamda chiqarib tashlanadigan harajatlar hisobga olingan holda tuzatilgan narx boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi.

Mazkur usul yordamida import qilingan tovarlarni rasmiylashtiruvdan oʻtkazishda mavjud boʻlgan qulaylik va imkoniyatlar bilan bir qatorda amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator talablarni ham qamrab oladi.

Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi.

Maʼlum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak.

Bojxona qiymatini 1-usul bilan aniqlashning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

tovarning oldi-sotdisi bilan bogʻliq boʻlgan holda tuzilgan hamda valyutaga oid qonun hujjatlari talablariga zid kelmaydigan tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) mavjudligi;

tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi pul mablagʻi miqdori koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturaning (invoysning) mavjudligi;

tovar uchun pul mablagʻlarining amalda toʻlanganligi yoki toʻlanishi lozimligi.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oldi-sotdisi bilan bogʻliq boʻlgan holda tuzilgan tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) asosida tovarni eksport qilingan mamlakatdan chegara orqali Oʻzbekiston Respublikasiga olib oʻtilishi va xaridordan ana shu tovar uchun pullik hisob-kitoblar (toʻlovlar)ning amalga oshirilishi yoki amalga oshirilganligi boʻlishi lozim boʻladi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shartlarni oʻrganish jarayonida 6 ta asosiy jihatga eʼtibor qaratilishi lozim:

1-jihat. Sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlmasligi kerak.

Sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlganida ham 1-usulning qoʻllanilishi ruxsat etiladigan cheklovlarning faqat uchta turi belgilangan:

a) qonun hujjatlarda belgilangan cheklovlar.

Masalan, yadroviy, kimyoviy, zaharlovchi moddalar, giyohvandlik moddalari importi faqat qatʼiy cheklangan doiradagi tashkilotlarga ruxsat etiladi;

b) tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar.

Bunday holda tovarning qaytadan sotilishi boʻyicha ayrim shaxslar uchun hududiy cheklovlar nazarda tutiladi.

Masalan, sotuvchi tovarni Oʻzbekiston hududida oʻz sotuvchilariga sotadi va butun hududni ularning har birida bittadan alohida sotuvchi mavjud 10 ta qismga boʻladi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat muayyan hududda sotishi mumkinligi toʻgʻrisidagi shart qoʻyiladi;

v) tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar.

Agar narxga jiddiy taʼsir etadigan shart mavjudligi haqida maʼlum qilinsa, unda 1-usulning qoʻllanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy oʻzgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin boʻladi. Agar narxga miqdoriy taʼsir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin boʻlmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtilishi kerak boʻladi.

Agar olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda amalda toʻlanganligi yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitimning narxiga yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar kiritilmagan boʻlsa, talab etiladi. Bunda yetkazib berish shartlariga alohida eʼtibor qaratish lozim;

7) agar birja tovari olib kirilayotgan boʻlsa, jahon birja kotirovkalari;

8) vositachilik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma (vositachilik shartnomasi, brokerlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma), tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq vositachilik xizmatlarini koʻrsatish uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari;

9) litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari, olib kelinayotgan (olib kelingan) tovarga taalluqli boʻlgan intelektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar (agar koʻrsatilgan toʻlovlar olib kelinayotgan tovarning sotish sharti sifatida koʻzda tutilgan boʻlsa);

10) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtadigan tushumning istalgan qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va maʼlumotlar (agar ular tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) koʻzda tutilgan boʻlsa);

11) konteyner va (yoki koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, oʻrov-joylov materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining, agar mazkur xarajatlar sotib oluvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib kiriladigan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxga qoʻshilmagan (agar bu tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida nazarda tutilgan boʻlsa) qiymati toʻgʻrisidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank toʻlov hujjatlari;

12) olib kirilayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisini kataloglari, spetsifikatsiyalari, narxlar preyskurantlari (prays-varaqlar);

13) sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovar turkumi uchun chegirma berish asosini, ularning miqdori, agar bunday chegirmalar tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) koʻzda tutilgan, lekin miqdori aniqlanmagan boʻlsa, tushuntiruvchi maʼlumotlar.

Tovar uchun chegirma berilgan boʻlsa, chegirma berilganligini tasdiqlovchi bank xujjatlari talab etiladi;

14) baholanilayotgan tovarga ishlab chiqaruvchining kalkulyatsiyasi (agar ishlab chiqaruvchi uni sotib oluvchiga taqdim etishga rozi boʻlsa);

2-xususiyati – tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ishlab chiqaruvchi bilan bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilmay, uchinchi shaxslar bilan yoki vositachilar (diler, savdo agentlari, distribyutorlar) orqali tuzilgan boʻlsa, bojxona qiymatini toʻgʻri belgilanganligini aniqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1) bitimga aloqador boʻlgan uchinchi shaxslar bilan tuzilgan tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi).

Savdo bitimida ikki va undan ortiq ishtirokchilarning qatnashganligi natijasida bunday bitim narxi bojxona qiymatiga taʼsir etganligini oʻrganish maqsadida taqdim qilinishi talab etiladi.

Bunda ishlab chiqaruvchi tovarni bevosita tovar yetkazib berilayotgan davlatdagi yukni qabul qilib oluvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri sotmay, balki uchinchi tarafning topshirigʻiga asosan yetkazib berayotgan boʻlsa, tovarning haqiqiy narxiga aniqlik kiritish maqsadida, ishlab chiqaruvchi bilan uchinchi taraf oʻrtasidagi bitimga aloqadorlik oʻrganilishi lozim.

Shu bilan birga, dillerining (distribyutor, agentning) vositachilik haqlari asosida shakllangan qiymatlar ham shular jumlasiga kiradi. Diller (distribyutor, agentlar) tovarni oʻz mablagʻi hisobiga ishlab chiqaruvchidan sotib olib, keyinchalik foyda koʻrish uchun maʼlum foiz kiritilgan miqdor asosida sotadi;

2) sotuvchining foydasiga boʻlgan uchinchi shaxslar uchun toʻlov hisoblari.

Masalan, sotuvchi tibbiy apparatni sotib oluvchiga undan Oʻzbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi, degan shart bilan sotadi. Bunday holda 1-usul qoʻllanilishi mumkin emas, chunki sotib oluvchining tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklov mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullari qoʻllanilishi kerak.

Cheklovlarning 1-usuldan foydalanish imkoniyatiga taʼsir etishi nuqtai nazaridan olganda, bunday cheklovlarni baholashdagi asosiy mezon - u yoki bu shartning bitim qiymatiga taʼsir etish darajasidir. Cheklov bitim narxiga jiddiy taʼsir qilmaydigan holda u 1-usulning qoʻllanilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Agar xaridor huquqiga nisbatan yana qandaydir boshqa cheklovlar mavjud boʻlsa, unda 1-usul qoʻllanilmaydi.

2-jihat. Tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib kirilmagan boʻlishi kerak.

Ushbu shart 1-usul qiymatli negizga ega boʻlmagan tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) nisbatan qoʻllanilishi mumkin emasligini nazarda tutadi:

a) tovarning bepul yetkazib berilishi.

Masalan, sotuvchi xaridorga namuna sifatida 5 ta kresloni yetkazib berdi. Bu holatda oldi-sotdi shartnomasi mavjud emas;

b) tovar konsignatsiya shartlari asosida yetkazib berilgan.

Masalan, yetkazib beruvchi oʻz agentiga bir turkum kartoshkani yetkazib beruvchi uchun foydaliroq shartlar asosida sotish uchun yetkazib beradi. Bu holatda agent kartoshkani sotib olmaydi, yaʼni uning egasiga aylanmaydi; kartoshkani sotishdan koʻrilgan foydani yetkazib beruvchi oladi (agentga uning sotishga doir xarajatlari va ish haqi toʻlanishi hisobga olingan holda);

v) tovarning vositachiga sotilmasdan vositachi orqali yetkazib berilishi.

Masalan, yuridik shaxs boʻlgan kompaniya Belgiyada joylashgan va Toshkentda oʻz nomidan faoliyat yuritmaydigan oʻz filialiga ega. Ular oʻrtasidagi tovar yetkazib berilishi oldi-sotdi bitimi tushunchasiga kirmaydi;

g) tovarlarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi, agar tovarlar narxi koʻrsatilmagan boʻlsa;

d) tovarlarning ijara shartnomalari (lizing) boʻyicha yetkazib berilishi.

Bu holatda tovarga mulkchilik qilish huquqi ijaraga beruvchidan ijarachiga oʻtmaydi, mulkdor tovardan foydalanganlik huquqi uchun foydaning bir qismini oladi va tovarni muayyan vaqtdan soʻng uning egasiga (ijaraga beruvchiga) qaytarishi mumkin;

ye) tovarlarning vaqtinchalik olib kirish maqsadida yetkazib berilishi.

Masalan, mulkdor (yetkazib beruvchi) tomonidan muayyan vaqtdan soʻng yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan mashina isteʼmolchiga vaqtinchalik olib kirish shartlari asosida yetkazib beriladi;

j) tovarlarning kontraktda nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga yetkazib berilishi.

Yetkazib berilgan uskuna uchun kafolat muddati davomida ayrim mexanizmlar ishdan chiqdi. Ularni almashtirish uchun yangi detallar yetkazib beriladi.

3-jihat. Sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlmasligi lozim (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari).

Bitimning tuzilishida, agar baholanadigan tovarlar qiymatini belgilashga va binobarin, bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga toʻsqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan boʻlsa, bunday holatda 1-usulning qoʻllanilishi mumkin emas. Quyidagilar ana shunday shartlarga kiradi:

a) sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni sotib oluvchiga, shuningdek, muayyan miqdorlardagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx koʻrsatilmasidan sotib oladi degan shart asosida belgilaydi.

Masalan, 5000 pul birligi summasidagi charm buyumlari yetkazib berilyapti. Yetkazib beruvchi import qiluvchining qiymati nomaʼlum boʻlgan 2 ming juft poyabzalni ham qoʻshimcha ravishda sotib olishini shart qilib qoʻyadi;

b) import qilinadigan tovarlar narxi ana shunday tovarlar xaridorining import qilinadigan tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bogʻliq boʻladi.

oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;

v) sotuvchi sotib oluvchiga bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita taqdim etadigan xizmatlarning va boshqa tovarlarning qiymati;

g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar;

d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.

Ushbu moddada koʻrsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning ogʻirligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

Shuningdek, olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar, basharti ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan ajratib olingan boʻlsa, chiqarib tashlanadi:

sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari;

tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari;

tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga koʻra bu toʻlovlar sotuvchi tomonidan toʻlansa.

Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.

27.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing