Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Ommaviy axborot vositalari vakillarini Davlat bojxona qoʻmitasida akkreditatsiya qilish
230

Akkreditatsiya qilingan muxbir quyidagilarga majbur:

Davlat bojxona qoʻmitasi binosida boʻlishda uning ichki tartib-qoidalariga va ishlarini tashkil etish talablariga rioya qilish;

oʻzi ishtirok etayotgan tadbirlarning oʻtkazilishiga aralashmaslik (agar tadbir matbuot uchun maxsus tashkil etilmagan boʻlsa);

Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisida xolisona axborot berish;

maxsus tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga rioya qilish;

Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablarni bajarish.

Muxbirning akkreditatsiyasini toʻxtatish va uni akkreditatsiyadan mahrum qilish tartibi

Quyidagilar akkreditatsiyaning toʻxtatilishi uchun asos hisoblanadi:

muxbirning tahririyatdan ishdan boʻshatilishi (ushbu holda tahririyat boshqa vakilni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat bojxona qoʻmitasiga murojaat qilishga haqlidir);

muxbir vakili boʻlgan ommaviy axborot vositasi faoliyatining toʻxtatilishi;

tahririyat rahbariyati tomonidan muxbirni Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini yoritishdan chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi (rasmiy bildirishnoma asosida).

Muxbir:

oʻzi taklif etilgan tadbirlar oʻtkazilishi tartibiga aralashganda;

amaldagi qonun hujjatlarini va mazkur Nizomni muntazam ravishda buzganda akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin.

Muxbirni akkreditatsiyadan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi. Qaror asoslangan, yozma shaklda rasmiylashtirilgan, ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan dalillangan boʻlishi kerak.

Davlat bojxona qoʻmitasi akkreditatsiyadan mahrum qilingan muxbirning tahririyatiga qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddatdan kechikmay rasmiy bildirishnoma yuboradi. Bunday qaror kuchga kirgan vaqtdan boshlab akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi va u tahririyat tomonidan akkreditatsiya qilgan organga qaytarilishi kerak.

Yangi muddatga akkreditatsiya qilish

Akkreditatsiya qilingan muxbirni yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin tahririyat tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida oʻtkaziladi.

Tahririyat Davlat bojxona qoʻmitasiga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin buyurtmanoma berishi kerak.

Yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilingan muxbirning oldingi akkreditatsiyasi davridagi benuqson faoliyatini hisobga olgan holda soddalashtirilgan tartibot boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

Texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

Tarjimonlar, teleoperatorlar, fotomuxbirlar, tele-, kino- va videoapparatlarga, aloqa vositalariga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar tahririyatning muxbirlarga biriktirilgan texnik xodimlari boʻlishi mumkin.

Akkreditatsiya qilingan muxbirlar texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ishga yollashi mumkin.

Jalb etiladigan texnik xodimlarning shaxsiy tarkibi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishiladi. Ularga oʻz faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tegishli guvohnoma beriladi.

Akkreditatsiya qilingan muxbirning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga jurnalistlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadi.

Yakunlovchi qoidalar

Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi akkreditatsiyani amalga oshirish tartibi bilan bogʻliq nizoli masalalar paydo boʻlgan taqdirda manfaatdor tomon qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

Davlat bojxona qoʻmitasi va ommaviy axborot vositalarining muxbirlari mazkur Nizom hamda ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.

13.06.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing