Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar
472

Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 03.01.2017-yildagi OʻRQ-419-son, Kuchga kirish sanasi 04.01.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 27.05.2019-yildagi PF-5729-son, Kuchga kirish sanasi 29.05.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 02.02.2017-yildagi PQ-2752-son, Kuchga kirish sanasi 06.02.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish

SIYOSATI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida bojxona organlarining yuqori axloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, bojxona xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslikni aks ettiradi.

DBQ markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, hududiy boshqarmalar, “Toshkent-AERO” IBK, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi (keyingi oʻrinlarda – bojxona organlari) uchun korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

bojxona organlarida korrupsiyani tubdan yoʻqotishga erishish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

bojxona organlari faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash.

Bojxona organlari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:

qonuniylik – bojxona organlari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda DBQning belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

korrupsiyaga toqatsizlik – bojxona organlari oʻz faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va koʻrinishlariga murosasiz munosabatda boʻladi. Bojxona xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin boʻlgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi;

ochiqlik va shaffoflik – DBQ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida bojxona xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va oʻzaro bogʻliqligi – bojxona organlari korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga koʻmaklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda bojxona organlarining barcha funksiyalari va yoʻnalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;

korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi – korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan bojxona xodimlari oʻzining maqomi va egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar DBQning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;

texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish – bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining soʻnggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;

toʻgʻridan-toʻgʻri rahbariyatga murojaat qilish – bojxona organlarining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisida ishonchli va asosli maʼlumotlar mavjud boʻlganda belgilangan choralarni koʻrish uchun toʻsqinliksiz tarkibiy tuzilma rahbari va DBQ Raisiga murojaat qilishi mumkin;

fuqarolik jamiyati vakillari bilan oʻzaro hamkorlik – bojxona organlari oʻzlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda bojxona organlari faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga koʻra bojxona organlari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini toʻxtovsiz ravishda oshirish choralarini koʻradilar.

Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bojxona organlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hal etish choralarini takomillashtirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

10.07.2019

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing