Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Markaziy bojxona laboratoriyasi
945

Markaziy bojxona laboratoriyasi dastlab 1993-yilda ekspertiza laboratoriyasi koʻrinishda tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 10-sentyabrdagi PF-6310-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimida alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Markaziy bojxona laboratoriyasi tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 30-dekabrda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 790-son qaror qabul qilingan.

Quyidagilar Markaziy bojxona laboratoriyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- tovarlarni indentifikatsiyasiga muvofiq bojxona ekspertizasidan oʻtkazish;
- tovarlarni ularning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) boʻyicha klassifikatsiyalash;
- nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash;
- jismoniy va yuridik shaxslarga TIF TN boʻyicha dastlabki qaror berish, shartnoma asosida tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xizmatlar koʻrsatish;
- Davlat bojxona xizmati organlari ehtiyojiga koʻra sud ekspertizasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ekspertizasi va boshqa kriminalistik turlarini oʻtkazish;
- ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish;
- mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomi doirasida xorijiy mamlakatlarning bojxona organlari xodimlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularga xizmatlar koʻrsatish;
- Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash.

Markaziy bojxona laboratoriyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga tegishli boʻlgan Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 3-uy manzilidagi binoga joylashtirilgan.

Manzil: 100003, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi 3 uy. Telefon: (+99878) 120-76-00

Markaziy bojxona laboratoriyasi – Karamanov Bobir Ziyodullayevich. Telefon: (+99878) 120-76-08

1.04.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing