Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona organlarida gender tengligi
Аyol bojxona xodimlari ham bir safda xizmat qilmoqda Bojxona organlarida gender tengligi

Soʼngi yillarda jamiyatimizda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini yanada oshirish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ayollarning barcha sohalarda ularning hayotda huquqlarini tenglashtirish toʼgʼrisida bir nechta normativ hujjatlar qabul qilindi. Bu borada Prezidentimizning xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, gender tengligi va ayollarni turli zoʼravonliklardan himoya qilish, ayollar oʼrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisidagi farmon va qarorlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

10.10.2021

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti tomonidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar Bojxona organlarida gender tengligi

Bojxona institutida xizmat olib borayotgan ayollar bo‘yicha gendyer tengligini ta’minlash borasida 2020 yilning 4 iyuldagi “Bojxona institutining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 56-son buyrug‘i tasdiqlangan.

3.10.2021

Аyollarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish – muhim vazifa Bojxona organlarida gender tengligi

Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim oʼrin tutadi. Аyniqsa, ayollarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq hamda zoʼravonlikdan himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega.

28.09.2021

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida seminar treninglar boʼlib oʼtdi Bojxona organlarida gender tengligi

Аvval aytib oʼtganimizdek, hozirgi kunda xalqaro savdo markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash loyihasi doirasida ish olib borilmoqda.

28.09.2021

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida seminar treninglar boʼlib oʼtdi Bojxona organlarida gender tengligi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

22.09.2021

Toshkent shahar bojxona boshqarmasida “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida seminar treninglar boʼlib oʼtdi Bojxona organlarida gender tengligi

Xalqaro savdo markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash loyihasi doirasida ish olib borilmoqda.

18.09.2021

Davlat bojxona qoʻmitasida “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi Bojxona organlarida gender tengligi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrnini yanada mustahkamlash, ular uchun teng sharoitlar yaratib berishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

8.09.2021

OILА SOGʼLOM EKАN, JАMIYaT MUSTАHKАM, MАMLАKАT BАRQАRORDIR Bojxona organlarida gender tengligi

Bugungi shiddat bilan oʼzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʼzbekiston oʼz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʼlmoqda.

2.06.2021

Аndijonda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida bojxonachilar ishtirokida seminar uchrashuvi boʼlib oʼtdi Bojxona organlarida gender tengligi

“Xotin qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Аndijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda hamkor tashkilotlar bilan seminar uchrashuvlar oʼtkazilib kelinmoqda.

26.04.2021

Gender tenglik – davr talabi Bojxona organlarida gender tengligi

Maʼlumki, gender – xotin-qizlar va erkaklar oʼrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʼladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi.

6.04.2021

Davlat bojxona qoʼmitasida xalqaro konventsiya mazmun-mohiyatini oʼrganishga qaratilgan tadbir oʼtkazildi Bojxona organlarida gender tengligi

2021 yil 2 aprel kuni Davlat bojxona qoʼmitasida Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi hamkorligida bojxona organlarida xizmat olib borayotgan ofitser ayollar va erkin yollangan ayol xodimlar uchun xotin-qizlar teng huquqliligini taʼminlash borasidagi “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʼgʼrisida” gi Konventsiyaning mazmun-mohiyatini, unda koʼrsatib oʼtilgan eng dolzarb tavsiyalarni oʼrganishga bagʼishlangan videokonferentsiya tarzidagi oʼquv seminari boʼlib oʼtdi.

2.04.2021

Gender tenglik siyosati va oila institutini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha seminar trening oʼtkazildi Bojxona organlarida gender tengligi

Mamlakatimiz sarhadlarida bojxonaga oid qonunbuzilish holatlarining oldini olish, kontrafakt mahsulotlarini aniqlash, mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashda bugungi kunda bojxona tizimida mard oʼgʼlonlar bilan bir qatorda ayol xodimalar ham yelkama-elka xizmat qilishmoqda.

22.03.2021

Qoraqalpogʼiston Respublikasi bojxona boshqarmasida gender masalalariga oid tadbir boʼlib oʼtdi Bojxona organlarida gender tengligi

2021 yil 17 mart kuni Qoraqalpogʼiston Respublikasi bojxona boshqarmasida "Gender tenglik siyosati va oila institutini qoʼllab-quvvatlash" jamiyat va davlat taraqqiyotining muhim omili" mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

17.03.2021

Nafosat bayrami munosib nishonlandi Bojxona organlarida gender tengligi

Аziz va nafis xilqat egalari, moʼtabar zot boʼlgan ayollar har qaysi zamonda, hamma sohada ham qadrlanib, eʼzozlanib kelingan.

9.03.2021

Davlat bojxona qoʼmitasi "Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi huquqni muhofaza qilish organi" nominatsiyasida gʼoliblikni qoʼlga kiritdi Bojxona organlarida gender tengligi

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasining anjumanlar zalida Oʼzbekistonning ijtimoiy va siyosiy hayotining barcha sohalarida ayol rahbarning ijobiy obrazini mustahkamlashga qaratilgan “Аyollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida kelajakda tenglikka erishish” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

3.03.2021

Аndijonda Gender tengligi markazida uchrashuv boʼlib oʼtdi Bojxona organlarida gender tengligi

Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Аndijon viloyati bojxona boshqarmasi va “Mehrimiz sizga” gender tengligi markazi bilan hamkorlikda viloyatda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanayotgan ayollar ishtirokida ushbu markazda uchrashuv tashkil etildi.

21.02.2021

“Gʼishtkoʼprik” chegara bojxona postida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ekspertlarining uchrashuvi boʼlib oʼtdi Bojxona organlarida gender tengligi

Davlat bojxona qoʼmitasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Gʼishtkoʼprik” chegara bojxona postida xizmat qilayotgan ayollar bilan Oʼzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalasi boʼyicha komissiya tomonidan oʼtkazilayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ekspertlarining uchrashuvi tashkil etildi.

12.02.2021

Davlat bojxona qoʼmitasida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ekspertlarining uchrashuvi tashkil etildi Bojxona organlarida gender tengligi

Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi hamda Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi hamkorligida mamlakatimizda gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish maqsadida “Gender tenglik faoli” nomli milliy tanlov oʼtkazilmoqda.

2.02.2021

“Gender tenglik faoli” nomli milliy tanlovni tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha ishchi guruh vakillari Davlat bojxona qoʼmitasida boʼlishdi Bojxona organlarida gender tengligi

Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi hamda Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi hamkorligida mamlakatimizda gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish maqsadida “Gender tenglik faoli” nomli milliy tanlov boʼlib oʼtadi.

11.01.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing