Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Аndijonda Gender tengligi markazida uchrashuv boʼlib oʼtdi
43
Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Аndijon viloyati bojxona boshqarmasi va “Mehrimiz sizga” gender tengligi markazi bilan hamkorlikda viloyatda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanayotgan ayollar ishtirokida ushbu markazda uchrashuv tashkil etildi.

Аnjumandan koʼzlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda ayollarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, tadbirkorlik borasida berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar mohiyatini ularga yetkazish, huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek bugungi kunda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʼullanish istagida boʼlgan tadbirkor ayollar faoliyatida bojxona soxasida tashqi iqtisodiy faoliyat yoʼnalishidagi masalalar, bir soʼz bilan aytganda muammoli vaziyatlar yuzaga kelishi, tahlili va yechimi borasida huquqiy maslahat berish boʼldi.

Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi Qonunining 20-moddasida “Davlat xotin-qizlar va erkaklarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlaydi” deya koʼrsatib oʼtilgan.

Shu sababdan ham ayollar nafaqat mamlakat ichki hayotida balki, xalqaro miqyosda ham erkaklar bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat olib borishga haqli ekanligi maʼruzachilar tomonidan taʼkidlandi. Bu oʼrinda faqat ulardan tashabbus va shijoat talab etiladi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga va koʼtarilgan masalalarga atroflicha, asosli javoblar berildi.

21.02.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing