Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Elektron bojxona yuk deklaratsiyasining yangi shakli tasdiqlandi
159
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 605-son qarori, Davlat bojxona qoʻmitasining “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) va “Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablaridan kelib chiqib, elektron bojxona yuk deklaratsiyasi (BYUD) va BYUDni tuzatish shaklining (BDT) elektron shakllari oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni 5-bandi talablaridan kelib chiqib, BYUDning 2, 8, 9, 14, 28, 50, 54-grafalarida jismoniy shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamini koʻrsatish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 76-son qaroriga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini kechiktirish muddati 120 kunga qadar uzaytirilganligidan kelib chiqib, BYUDning 48-grafasida toʻlovlar toʻlashning soʻnggi muddatini bojxona toʻlovlari turlari kesimida koʻrsatish belgilandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, deklaratsiyalovchi shaxslar 2021-yil 15-avgustdan boshlab BYUD va BDTlarni yuqorida qayd etilgan grafalarini toʻldirishda (grafalarda jismoniy shaxslarni shaxsiy identifikatsion raqamini va toʻlovlar toʻlashning soʻngi muddatini koʻrsatishda) mazkur tasdiqlangan elektron shaklga asoslanishi lozimligini maʼlum qilamiz.

“Elektron bojxona yuk deklaratsiyasi shakli”

4.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing