Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Hujjatlardan “tushib qolgan” tovarlar fosh etildi
81
Tovar-moddiy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishi va buning natijasida “yashirin iqtisodiyot”ning ildiz otishiga qarshi bojxona organlari tomonidan muntazam ravishda chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatlardan “tushib qolgan” tovarlar fosh etildi

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.N. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan va koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, dastlabki soʻrovga koʻra qiymati 128 million soʻmga teng boʻlgan jami 487 dona yengil avtotransport vositasining ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing