Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida seminar treninglar boʼlib oʼtdi
171
Mamlakatimizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Аynan shu maqsadda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida “Gender muammolarini inobatga olgan holda xalqaro savdo-sotiq tartibotlarini soddalashtirish” mavzusida trening oʼtkazildi. Mazkur loyihaning maqsadi Markaziy Osiyoda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznes imkoniyatlarini kengaytirish va transchegaraviy elektron tijorat orqali ichki va xalqaro miqyosda savdoni rivojlantirishdir.

Аyni shu maqsadda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida “Gender tenglik muammolarini inobatga olgan holda savdoni soddalashtirish: chegara nazorati xodimlari uchun trening” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda “Tadbirkor ayol” Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi koordinatori Nigora Djamalova, Davlat bojxona qoʼmitasi Bojxona instituti “Oʼzbek va xorijiy tillar kafedrasi” katta oʼqituvchisi Nilufar Аxmedova, “Markaziy Osiyo savdoga tayyor” (Ready4Trade CA) loyihasining milliy maslahatchisi Аkmal Аzimov hamda DBQ xotin-qizlar kengashi raisi Umida Pirmuxammedova ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshligʼi G.Shukurov soʼzga chiqib, bugungi kunda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlarning 89 nafarini (12,6%) ayol xodimlar tashkil etishini, shundan, 62 nafari shahodatlangan, 27 nafar yordamchi va xizmat koʼrsatish guruhida faoliyat olib borishi haqida maʼlumot berdi.

Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida ayol xodimlarimiz tomonidan jami 27 ta bojxona qoidalari buzilishi holatlari aniqlanib, umumiy qiymati 544 mln. soʼmdan ziyod boʼlgan tovar-moddiy boyliklarining respublikamiz chegarasi orqali noqonuniy olib oʼtilishining oldi olingan. Shuningdek, 349 ta holatda bojxona kirim orderlari asosida 299 mln. 267 ming soʼmlik bojxona toʼlovlari undirilgan.

Seminar davomida maʼruzachilar tomonidan ayol xodimlarga mazkur loyihaning mazmun-mohiyati, gender tengligi nima ekanligi va jamiyat uchun qanchalik muhimligi, gender omillarining savdo bilan bogʼliqligi, transchegaraviy savdoda ayollar duch keladigan muammolar, ayollarning savdodagi ishtirokini qoʼllab-quvvatlash uchun savdoni soddalashtirish jarayonlari boʼyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, trening davomida savdoda ayollarning ishtiroki muhim makroiqtisodiy foyda keltirishi, gender tenglikni targʼib qilish jamiyatning barcha sohalari uchun juda muhimligi, savdo bilan shugʼullanadigan ayollarga tadbirkorlikni yuritishda yordam beradigan tegishli choralar koʼrilsa, gender tengligini taʼminlashda kuchli katalizator boʼlishi mumkinligi taʼkidlandi.

22.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing