Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti tomonidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar
164
Bojxona institutida xizmat olib borayotgan ayollar bo‘yicha gendyer tengligini ta’minlash borasida 2020 yilning 4 iyuldagi “Bojxona institutining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 56-son buyrug‘i tasdiqlangan.

Buyruq asosida tasdiqlangan tarkib faoliyatida Bojxona institutida 2021 yil fevral-mart oylarida vazirliklar o‘rtasida o‘tkazilgan gendyer faoli tanlovi bo‘yicha institutning "Bojxona institutining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash borasidagi faoliyati infografikasi" ishlab chiqildi. Ushbu ma’lumotlar asosida ta’kidlash mumkinki, Bojxona institutida kadrlar zaxirasiga olingan ayollarimiz 5 nafar, rag‘batlantirish 25% foizni,  ilmiy salohiyat darajasi 31 foizni jami faoliyat olib borayotgan erkaklar 82 foizni ayollar esa 18 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda Bojxona institutiga o‘quv jaryoniga qabul qilingan kursant qizlarning salmog‘i ortib bormoqda. Hozirda jami 70 kursant qizlar tahsil olmoqda, 2021-2022 o‘quv yili uchun 11 nafar qizlar Bojxona instituti kursantlar safiga qabul qilingan.

Bojxona institutida yuqori lavozimlarga tayinlash bo‘yicha kadrlar zaxirasidagi ayollar shakllangan. Ular: Bojxona instituti boshlig‘ining o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Institut boshlig‘ining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Axborot texnologiyalari va modellashtirish markazi boshlig‘i, Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i, kafedralar boshlig‘i lavozimlariga zahiraga olingan. 2021 yil davomida 2 nafar ayol(Ma’di F, Rafikova M)  bosh inspektor lavozimiga, 1 nafar ayol (Pulatova L) kafedra boshlig‘i lavozimlariga tayinlangan.

Joriy yilning shu kuniga qadar yuqori natijalarga erishgan xodim-ayollar turli davlat bayramlari munosabati bilan rag‘batlantirilgan (14 nafar).

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlardan koʼzlangan asosiy maqsad, xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning bandligini taʼminlash, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirishga qaratilgandir.

Bu borada “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta oʼqituvchisi, bojxona xizmati podpolkovnigi, PhD Karimjonova Munavvar Ibragimovna tomonidan “Demokratik jarayonlarni rivojlantirishda gender tengligining ahamiyati” mavzusida maqola chop ettirildi. (Bozor, pul va kredit. Ilmiy-amaliy jurnal. 2021 yil 6-son, ilova qilinadi). Ushbu maqolada Oʼzbekiston Respublikasida “Gender tengligi”ni taʼminlash borasida olib borilayotgan demokratik islohotlar boʼyicha dolzarb vazifalar hamda jamiyat taraqqiyoti uchun tashabbuslar bilan chiqayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi (bojxona organlari misolida) faoliyat yoritilgan.

Shuningdek, DBQ xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi aʼzosi U. Pirmuxammedova va Bojxona instituti katta oʼqituvchisi N.Аxmedova Xalqaro savdo markazining (XSM) texnik koʼmagida, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Ready4Trade Central Asia (R4TCА) loyihasi doirasida 14-18 iyunь kunlari boshlangan besh kunlik "Trenerlar tayyorlash" mintaqaviy seminarida qatnashib, halqaro maqomdagi sertifikat va trener maqomiga ega boʼldilar. Trenerlar tomonidan bojxona xizmati organlari xodimlariga “Gender muammolarni inobatga olgan holda savdo-sotiq tartibotlarini soddalashtirish” toʼgʼrisida DBQning Toshkent shahri boʼyicha boshqarmasida 2021 yil 14 sentyabrda,Toshkent viloyati boʼyicha boshqarmasida 2021 yil 21 sentyabrda, Buxoro viloyati boʼyicha boshqarmasida 2021 yil 27-30 sentyabr kunlari trening mashgʼulotlar oʼtkazildi.

 

3.10.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing