Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Qoraqalpogʼiston Respublikasi bojxona boshqarmasida gender masalalariga oid tadbir boʼlib oʼtdi
45
2021 yil 17 mart kuni Qoraqalpogʼiston Respublikasi bojxona boshqarmasida "Gender tenglik siyosati va oila institutini qoʼllab-quvvatlash" jamiyat va davlat taraqqiyotining muhim omili" mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda Zoʼrlik ishlatishdan jabr koʼrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʼz joniga qasd qilishning oldini olish Respublika markazining Qoraqalpogʼiston boʼlimi psixologi Аmanova Roza va boshqarma xodimlari ishtirok etdi. Trening davomida psixolog tomonidan amaliy mashgʼulotlar oʼtkazilib, tadbir ishtirokchilari orasida yaxshi taʼsurotlar qoldirdi.

Mashgʼulot yakunida tinglovchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga maʼruzachilardan atroflicha javoblar olishdi.

17.03.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing