Bojxona toʼlovlari

Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʼtishda va boshqa hollarda bojxona toʼlovlari toʼlanadi.

Bojxona toʼlovlari turlari:

  • -bojxona boji;
  • -qoʼshilgan qiymat soligʼi;
  • -aktsiz soligʼi;
  • -bojxona yigʼimlari.

Qonun hujjatlarida boshqa bojxona toʼlovlari ham belgilanishi mumkin.

Bojxona bojlarining va soliqlarning stavkalari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib oʼtiladigan Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qoʼllaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.

Bojxona toʼlovlarini toʼlovchi quyidagi shaxslar boʼlishi mumkin:
  • deklarant;
  • bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan boʼlsa;
  • bojxona rejimlarining qoʼllanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda - tashuvchi va bojxona ombori, erkin ombor, boj olinmaydigan savdo doʼkonlarning egalari;
  • xalqaro pochta va kuryerlik joʼnatmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida boʼlgan xalqaro pochta va kurьerlik joʼnatmalari yoʼqolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa.

Har qanday manfaatdor shaxs toʼlovchi uchun bojxona toʼlovlarini toʼlashga haqli.

Tarif preferentsiyalari bojxona bojlarini toʼlashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferentsial olib kirish yoki ushbu hududdan preferentsial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi.

Normativ xujjatlar